Tomorqada qilingan mehnatning samarasi kо‘p jihatlarda kо‘rinadi. Avvalo, kaftdek yerda yetishtirilgan mahsulot rо‘zg‘orning kam-kо‘stini tо‘ldiradi. Shuningdek, tomorqada qilingan oilaviy mehnat katta tarbiyaviy ahamiyatga ega...
Koson tumanida tuman xotin-qizlar qо‘mitasi kafilligi ostida 20 mln sо‘m kredit olgan Umida Tо‘rayeva о‘zini va oilasidagi 2 nafar kizini ish bilan ta’minladi. Mazkur tomorqa egasi kelgusida daromadidan shirinliklar pishirish sexini ochishni rejalashtirmokda.
Har qanday tadbirkorlik faoliyati, jumladan, oilaviy biznesni yuritish mablag‘ bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli, viloyat xotin -qizlar qо‘mitasi tashabbusi bilan ayollarga kam ta’minlangan oilalarga ajratiladigan mikrokreditlar, kichik biznes, xususiy, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslar manbalari xususida yetarlicha ma’lumotlar berilmoqda.
Viloyat hokimligi axborot xizmati
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar