Qarshi tumani xalq ta’limi tizimida xizmat qiluvchi 200  nafarga yaqin yosh о‘qituvchi, shuningdek, faol о‘quvchilar uchun viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bо‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish bо‘yicha ilgari surilgan beshta muhim tashabbus asosida tashkil etilgan ushbu sayohat davomida ishtirokchilar madaniy merosimiz, ajdodlarimiz tarixi bilan tanishishdi.

Sayohat davomida muzey ekskursovodlari ishtirokchilarga muzey tarixi, undagi eksponatlar, milliy qadriyatlarimizni о‘zida mujassam etgan noyob topilmalar haqida gapirib berdi.

Muzeydan joy olgan har bir eksponatni katta qiziqish bilan tomosha qilganlar tariximiz haqida yanada kо‘proq bilimga ega bо‘ldi va о‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi. Ayniqsa, ajdodlarimizning qadimgi kiyinish madaniyati, hunarmandchilik mahsulotlari barchada katta qiziqish uyg‘otdi. 

Aytish joiz, bunday sayohatlar davomida yosh avlodning har bir vakili qalbida Vatanga muhabbat, о‘z tarixi hamda ota-bobolardan qolgan yodgorliklardan g‘ururlanish tuyg‘usi shakllanishi shubhasiz.

SOJIDA

Suratlar muallifi Sobir NARZIYEV.

 

 Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

 

09-05-2019 |
Фото галерея