Bugun yurtimizda nafaqat milliy, balki xorijiy ommaviy axborot vositalarining ham erkin faoliyat yuritishi, axborot olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ammo ayrim ommaviy axborot vositalarida asoslanmagan, noxolis ma’lumotlar tarqatilayotganligi, xususan, “Ozodlik” radiosining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida “Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Shirin qishlog‘ida tomorqalarga suv yetkazib beruvchi trubalar kavlab olib ketilmoqda” deb tarqatilgan ma’lumotlari, shuningdek mazkur qishloq aholi xonadonlarini ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalalar joyida о‘rganib chiqildi. О‘rganish jarayonida “Toxir” fermer xо‘jaligiga tegishli bо‘lgan D-1000 mmli quvur kavlab olinganligi, ushbu kavlab olingan quvur “Toxir” fermer xо‘jaligiga balansida bо‘lib, ilgaridan sug‘orish suvi uchun ishlatib kelinganligi, viloyat “Suvoqova” DUK Nishon tumani filiali balansida emasligi ma’lum bо‘ldi.

Shuningdek, о‘rganish vaqtida Shirin qishlog‘i aholi xonadonlari (56 ta xonadon) shu hududdan о‘tgan D-159 mmli ichimlik suv quvuri orqali ichimlik suv bilan ta’minlanganligi aniqlandi.

                                            Viloyat  hokimligi axborot xizmati

 

 

 

17-05-2019 |
Фото галерея