Qamashi  tumanida о‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda 300 nafardan ziyod fuqarolar turli ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan murojaat qildi.

“Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning ishga joylashish, toza ichimlik suvi bilan ta’minoti, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit olish va boshqa muammolar, salomatlikni tiklash hamda uy-joy, moddiy yordam kabi masalalarga oid kо‘plab murojaatlari tinglandi.

Tadbir doirasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tuman kо‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy kо‘rik о‘tkazildi. 180 dan ziyod fuqaro qatnashgan kо‘rikda о‘n tо‘rt nafar  kishiga statsionar sharoitda davolanish uchun yо‘llanma, ayrim fuqarolarga esa ambulatoriya sharoitida sog‘lig‘ini tiklash bо‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan insonlar nogironlik  aravachasi, tayanch vositalari bilan ta’minlandi.

Shuningdek, qabul doirasida mehnat yarmarkasi ham о‘tkazildi.

Sayyor qabulda aholi boshqa sektor rahbarlari, О‘zbekiston Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda barcha korxona va tashkilotlar mutasaddilariga ham о‘nlab muammolar yuzasidan murojaat qildi. Barcha masalalar о‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar biriktirildi. Uchrashuv doirasida Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi va adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga huquqiy maslahatlar berildi.

Suratlarni   Murodullo  Komilov  olgan

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

13-05-2019 |
Фото галерея