Aholi bilan muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglab, muammolarini hal etish bugun davlat ahamiyatidagi vazifa bо‘lib qoldi. Bunday uchrashuvlar pirovard natijada aholining turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Davlat organlari rahbarlari tomonidan aholi о‘rtasida о‘tkazibkelinayotgan  ochiq muloqotlar sо‘zimiz isboti bо‘la oladi. Xalqning daru tashvishlariga sherik bо‘lish bilan bir qatorda, ularni qiynayotgan muammolarga tezkor va samarali yechim topishda, ertangi kunga ishonchini mustahkamlab, hayotdan rozi bо‘lib yashashida joylarda о‘tkazilayotgan sayyor qabullar yuksak samara bermoqda.

Koson tumanidagi «Qо‘ng‘irot» mahalla fuqarolar yig‘inida tо‘rtinchi sektor rahbari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i R.Nasimov tomonidan о‘tkazilgan sayyor qabul ham kо‘plab fuqarolarning muammolariga yechim topilganligi bilan ahamiyatli bо‘ldi.

–   Bugun kо‘pchilik  yurtdoshlarimiz chorvachilik, parrandachilikni yо‘lga qо‘yib, tadbirkorlik qilishmoqda, – deydi fuqaro Marhabo Yusupova. – Men ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni maqsad qildim. Har bir ishni boshlash uchun mablag‘ kerak, albatta. Shu bois, sayyor qabulda mutasaddilarga rejalarimni tushuntirdim, tadbirkorlikni boshlashim uchun kredit olish masalalarida kо‘mak berishlari sо‘radim.

Fuqaroning murojaati о‘rganib chiqildi va unga tegishli tushuntirishlar berilib, masalani hal etish uchun AT «Agrobank» tuman bо‘limi vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.

–   Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etishga katta e’tibor berilayotgan bir paytda qishlog‘imizda bolalar bog‘chasi yо‘qligi achinarlidir, – deydi fuqaro Burxon Fayzullayev. – Biz ham farzandlarimizning zamonaviy, barcha sharoitlarga ega muassasalarda ta’lim-tarbiya olishlarini istaymiz. Bu masalada yordam sо‘rab murojaat qildik.

Fuqaroning murojaati mutasaddilar tomonidan о‘rganilib, unga  huquqiy maslahatlar berildi.

О‘tkazilgan sayyor qabulda 112 nafar fuqaro ishtirok etdi. Pistali kanalini qayta ta’mirlash, betonlashtirish va drenaj qazdirish ishlarini amalga oshirish, Nekо‘z, Uzunquduq qishloqlari hamda 27- va 3-umumiy о‘rta ta’lim maktablariga olib boradigan yо‘llarni ta’mirlash, aholi xonadonlarini ballonli gaz bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi, ichimlik suvi, yer masalalari, bankdan kredit olish hamda bandlik masalalari yuzasidan 38 nafar fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmadi. Ushbu murojaatlarning 22 tasi qanoatlantirildi, 5 tasi yо‘l xaritasiga kiritildi, 8 tasiga esa huquqiy tushuntirishlar berildi.

F.JABBOROV

 

24-04-2019 |
Фото галерея