Prezident tashabbuslari – amalda

         Qashqadaryo viloyatida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusni hayotga keng joriy etish, jumladan, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qо‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

        Har bir hududning sharoit va imkoniyatlari о‘rganilib, sektorlar bо‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish bо‘yicha ”Yо‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.

       Ayni paytda viloyatda 24 ta madaniyat markazi mavjud bо‘lib, ularda 141 ta tо‘garak faoliyat kо‘rsatadi. Tashabbusdan sо‘ng har bir madaniyat markazida talab va ehtiyojdan kelib chiqib, qо‘shimcha 2 tadan yо‘nalish faoliyati yо‘lga qо‘yildi. Bu esa iste’dodli yoshlarni qо‘llab-quvvatlash, iste’dodini namoyon qilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, Chiroqchi tumani Chiroqchi mahallasidagi madaniyat markazida yangidan 3 ta ansambl tashkil etildi. “Boychechak” raqs ansamblida 20 ga yaqin yosh san’at sirlarini о‘rganmoqda. Yangi tashkil etilgan “Doirachi” va “Iftixor” ashula va raqs ansambllarida shug‘ullanuvchi yoshlar safi kengaymoqda.

       – Tо‘garaklar yoshlar bilan gavjum, – deydi Chiroqchi tumani madaniyat markazi rahbari Oybek Eshonov. – Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan san’at va madaniyat sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibordan sо‘ng yoshlarda qiziqish yanada ortmoqda. Bugun a’zolar soni 200 dan oshadi. Muhimi, madaniyat, san’atga odamlarning qarashlari ham о‘zgardi. Keksa otaxonu onaxonlar nabiralarini yetaklab tо‘garaklarga olib kelmoqda, о‘tirib bolalarning qо‘shiq va raqsini tomosha qilmoqda. Hududlarda joylashgan markazlarga ham avval 6, 10 nafar bola qatnagan bо‘lsa, bugun rassomchilik, musiqa san’ati va ashula tо‘garaklarida 100 dan ziyod bola ishtirok etayotir.

          Yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida hududlarda yoshlar klublari faoliyati yо‘lga qо‘yildi. Xususan, Chiroqchi tumanining Jar, Dam, Chiyali, Kо‘kdala qishloqlarida ana shunday madaniyat maskanlari ish boshlagani ota-onalarni behad quvontirmoqda.

     Chiroqchi – baxshilar yurti. О‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod baxshi Tog‘ayevning yosh shogirdlari endi tumandagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan baxshilik yо‘nalishida mahoratini oshiradigan bо‘ldi.

         – Prezidentimizning milliy san’atimiz rivojiga qaratayotgan e’tibori biz, yoshlarni yanada ruhlantirib yubordi, – deydi baxshichilik yо‘nalishi о‘qituvchisi Sanjar CHо‘bayev. – Masalan, san’at maktablarida baxshichilik bо‘yicha darslar о‘tilmoqda, nufuzli festivallar tashkil etilayotir. Bu milliy baxshichilik san’atimizni rivojlantirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. Maktabimizda ham baxshilik sinfi ochildi. Ishonasizmi, qiziquvchi yoshlar safi kutilganidan ham kо‘proq kengaymoqda. Boisi, baxshichilik san’atida hikmat kо‘p, unda millatimizning о‘zligi, tarixi, adabiyoti, an’analari – barcha-barchasi mujassam. Buni о‘rganish va о‘rgatish esa g‘oyat mas’uliyatli ish. О‘tgan yili bir nafar о‘quvchim bor edi. Hozir ular soni 10 dan oshdi.

            Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sog‘lom va barkamol bо‘lib voyaga yetishini ta’minlashdek ustuvor yо‘nalishlarni qamrab olgan 2-tashabbus bо‘yicha ham umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarida kechki paytda shug‘ullanish uchun qо‘shimcha sport tо‘garaklari tashkil etilib, ularga 1000 dan ortiq uyushmagan yosh jalb qilingan. Viloyatda shu vaqtga qadar 9 ta suzish havzasi mavjud edi, bugun ular yana bittaga kо‘paydi. Kitob tumanida yangi, zamonaviy yopiq suzish havzasi, tennis korti, mini-futbol va basketbol maydoni bunyod etildi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 6,8 milliard sо‘m mablag‘i hisobidan barpo etilgan suv havzasi inshootida barcha sharoit yaratilgan. Ayni paytda qiziquvchi yoshlar bu yerda suzish sir-asrorlarini о‘rganayotir. Tennis korti, mini-futbol va basketbol maydonlari ham sportsevar yoshlar bilan gavjum.

            – Basseynda suzishni orzu qilardim, – deydi Alibek Qodirov. – Tumanimizda ham mana shunday muhtasham suzish havzasi qurilgani biz, yoshlar uchun ayni muddao bо‘ldi. Hozir murabbiylar kо‘magida mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Kelajakda bu sport turini puxta egallab, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro miqyosda yuksaklarga kо‘tarmoqchiman.

           Koson tumanidagi О‘rta Obron mahallasida joylashgan suv havzasida ham suzish bо‘yicha tо‘garak faoliyati yо‘lga qо‘yildi. Bu yerda boshqa mahallalardan ham suv sporti bilan shug‘ullanish istagida bо‘lgan yigit-qizlar qatnashmoqda. 

           – Ilgari bunday suzish havzasi faqat viloyat markazidagina bо‘lardi, – deydi murabbiy Sohiba Tog‘ayeva. – Endi tumanimizda ham bor. Suzish salomatlik uchun g‘oyat foydali. Bu sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar о‘rtasida ommalashtirish yaxshi samara beradi. Hozirning о‘zida о‘quvchilarimiz soni 100 nafarga yetdi. Kelajakda ular yaxshi sportchi bо‘lib yetishishiga ishonamiz.

       G‘uzor tumani Chanoq mahallasidagi bolalar va о‘smirlar sport maktabida ham о‘zbek jang san’ati, qо‘l tо‘pi, stol tennisi tо‘garaklari tashkil etilgan. Ayni paytda ularda 700 ga yaqin yosh shug‘ullanmoqda.

         – Ota-onalarda ham sportga munosabat о‘zgardi, – deydi G‘uzor tumani jismoniy tarbiya va sport bо‘limi boshlig‘i Tо‘lqin Qahhorov. – Hozir bu yerda maktab о‘quvchilaridan tashqari 100 nafarga yaqin uyushmagan yosh ham mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

          Viloyatda haftaning bir kuni sport-sog‘lomlashtirish kuni sifatida belgilangani ham sportni ommaviylashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ommaviy marafon, yurish mashqlari, toza havoda sayr loyihalari va boshqa qator sport tadbirlari muntazam tashkil etilayotir.

       Davlatimiz rahbarining kompyuter va internet texnologiyalaridan samarali foydalanish borasida belgilab bergan vazifalari ijrosi amalda о‘z ifodasini topmoqda. Viloyatdagi axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejlarida, maktablarda kompyuter savodxonligi tо‘garaklari tashkil etildi. Ularda о‘quvchilar bilan birga, uyushmagan yoshlarga ham kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish bо‘yicha dastlabki bilim kо‘nikmalari о‘rgatilmoqda.

          Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, yosh dasturchilarni qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Filialda dasturchilar tayyorlash va elektron hukumat markazi, Yevropa Ittifoqining ERASMUS plyus dasturi doirasidagi xalqaro loyihalar asosida tibbiyotda texnik reabilitatsiya ilmiy laboratoriyasi faoliyati yо‘lga qо‘yilgani izlanuvchan talabalar salohiyatini rо‘yobga chiqarish, dasturiy mahsulotlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Filial pedagogik jamoasi tashabbusi bilan aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziquvchi bolalar iste’dodini rо‘yobga chiqarish, internet imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga kо‘maklashish maqsadida kompyuter savodxonligi о‘quv kurslari tashkil etilgan. Ayni paytda bu yerda 50 nafar о‘quvchi bilan dastlabki mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

          – Qarshi tumanidagi 65-umumta’lim maktabining 8-sinfida о‘qiyman. Tengdoshlarim bilan TATU Qarshi filiali qoshidagi kompyuter tо‘garagiga qatnashyapmiz, – deydi Madina Anvarova. – Bu yerda har xil dasturlar ustida ishlashni о‘rganyapmiz. Bu bizning keyingi faoliyatimizda juda qо‘l keladi.

          Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish g‘oyasi ilgari surilgan tо‘rtinchi tashabbus asosida qadrdon maktabga sovg‘a aksiyasi о‘tkazilmoqda. Unga kо‘ra, har bir rahbar xodim, deputat, tadbirkor yo fermer о‘zi о‘qigan maktabga turli kitoblar jamlanmasini sovg‘a qilmoqda. Natijada maktab kutubxonalari yuzlab sara adabiyotlar bilan boyimoqda. Yakkabog‘ tumanidagi 8-umumta’lim maktabida о‘quvchilar musaffo havo, maftunkor tabiat qо‘ynida kitob о‘qishi, bahs-munozara qilishi uchun maxsus ayvonchalar tashkil etilgan. О‘quvchilar tanaffusda bu yerda dars tayyorlab, о‘zlari sevgan kitobni mutolaa qiladi. Shu maktabda о‘qigan fermer Dilmurod Yо‘ldoshev maktab kutubxonasiga 80 dona kitob sovg‘a qildi. 3 mingdan ortiq kitob fondiga ega kutubxona sobiq о‘quvchilarning himmati bilan yana 200 taga kо‘paydi.

          – Prezidentimiz tomonidan juda ezgu tashabbus boshlab berildi, – deydi Dilmurod Yо‘ldoshev. – Maktablarni kitob bilan boyitish, yangi adabiyotlar bilan ta’minlash bо‘yicha bergan tavsiyalari bizni ham quvontirdi. Tumanimizda 101 ta maktab bо‘ladigan bо‘lsa, biz fermerlar hamma maktab kutubxonalarini nodir adabiyotlar bilan boyitishga hissa qо‘shamiz.

            Ochiq maydondagi kitob mutolaasi ana shunday xursandchiliklarga ulandi. Bu yerga tashrif buyurgan kitobsevarlar yangi adabiyotlar bilan tanishdi. Kitob bahsi avjiga chiqdi. Maktabga kitob sovg‘a qilgan fermer bilan suhbat ham aynan ma’naviyat beshigining inson kamolotida tutgan о‘rni haqida bо‘ldi.

          – Badiiy kitoblar о‘qishni yoqtiraman, – deydi maktabning 8-sinf о‘quvchisi Dildora Jalilova. – Yaqinda о‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanini о‘qib chiqdim. Maktabimiz kutubxonasiga kо‘p kitoblar sovg‘a qilinganidan juda ham xursandmiz.

         Albatta, kamolga yetayotgan yosh avlodning ma’naviy olamini gо‘zal tuyg‘ular, ezgu niyatlar bilan boyitish, Vatan qadrini singdirishda kitobning ahamiyati beqiyos. Davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilayotgan e’tibor kitobga bо‘lgan mehr-ishtiyoqni oshirmoqda.

         Shahrisabz tumanidagi Maktabobod mahallasida istiqomat qiluvchi Bozor Boltayevning kо‘pdan buyon о‘ylab yurgan niyati amalga oshdi. Yillar davomida yiqqan kitoblaridan aholi va yoshlar foydalanishi uchun о‘z xonadonida kutubxona tashkil qildi.

        – Butun umr kitob о‘qidim. Kitobga mehr menga otamdan о‘tgan, – deydi faxriy о‘qituvchi Bozor Boltayev. – Hali-hali yodimda, endi maktabga chiqqan vaqtimda otam “Mening о‘nta dо‘stim” kitobini sovg‘a qilgan edi. Asardagi bolaning 10 dо‘sti uning barmoqlari edi. Kitobga mehrim о‘shanda uyg‘ongan. Yillar davomida о‘qigan kitoblarimni yig‘ib bordim. Bugun u mо‘jazgina kutubxonaga aylangan. Qaysi mamlakatda о‘qishga, kitobga e’tibor yuqori bо‘lsa, о‘sha yerda ijodiy ruh hukmronlik qiladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan bizda shunday bо‘lmoqda. Ayting-chi, qaysi mamlakatda kitobxonlarga mashina sovg‘a qilinyapti? Albatta, О‘zbekistonda. Bu ezgu ishlar bardavom bо‘lsin. Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish yо‘lida amalga oshirilayotgan bunday olijanob ishlar yaqin kelajakda о‘z mevasini beradi, albatta.

         Bozor Boltayevning kutubxonasida 10 mingdan ortiq badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop kitoblar, jahon adabiyotining nodir durdonalari, yangi nashrlar, о‘quv qо‘llanmalari bor. Bundan tashqari, Amir Temur hayoti va faoliyati hamda Shahrisabz va Qashqadaryo tarixiga oid nodir asarlar, ma’lumotlarni ham bu yerdan topish mumkin. Ushbu uy kutubxonasidan hududdagi 7 ta umumta’lim maktabi о‘quvchilari, qishloq aholisi foydalanmoqda. Qisqa muddatda о‘quvchilari soni 300 nafardan oshdi.

       Ezgu amalning qanoti uzun bо‘ladi. Bozor Boltayevning bu xayrli tashabbusi boshqalarni ham ruhlantirmoqda. Qisqa muddatda viloyatda uy kutubxonalari soni 40 dan oshdi.

        Koson tumanida tadbirkor Orif Omonov tomonidan kitob savdo majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Uning ochilishi haqiqiy bayramga aylandi. Kitobsevarlar jam bо‘lgan marosimda kitobning inson hayotida tutgan о‘rni, ahamiyati haqida sо‘z yuritildi. Ushbu ziyo maskanidan 5 mingga yaqin nusxada badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar, darslik va yangi chop etilgan nodir asarlar о‘rin olgan.

        – Kitob sо‘zi arab tilidan olingan bо‘lib, yozuv, bitik degan ma’noni anglatadi, – deydi о‘qituvchi Sanjar Jumayev. – Kitob insonning eng yaqin dо‘sti, maslahatgо‘yi, darddoshidir. Bugun Kosonda shunday “Ezgu ziyo” nomli kitob dо‘koni tashkil qilindi. Bu kitob dо‘konida jami kitoblar soni 10 ming atrofida bо‘lsa, kelajakda yanada ortib boradi, о‘quvchilari kо‘payadi. Dо‘konga keluvchilar kо‘payadi. Demak, yoshlar ma’naviyati yanada yuksaladi.

        Ta’kidlash joizki, Koson tumanidagi 99 ta maktab kutubxonasining kitob fondini yangi asarlar bilan boyitish maqsadida har bir bilim dargohiga tashkilot va muassasalar homiy qilib biriktirilgan.

           Yana bir tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayollarning istagi asosida hunarmandchilik maktablari tashkil etildi. Ayni paytda ularda 200 dan ortiq ish bilan band bо‘lmagan xotin-qizga kasb-hunar sirlari о‘rgatilmoqda. Yakkabog‘ tumanida ”Obod qishloq” dasturi doirasida ”Yashnobod” va ”Eski Yakkabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tikuv-trikotaj korxonalari bunyod etilmoqda. Ayni paytda о‘quv markazi tashkil etilib, 600 ga yaqin ish bilan band bо‘lmagan xotin-qizga kasb-hunar sirlari о‘rgatilmoqda. Markaz о‘quvchilari stipendiya bilan ta’minlangan.

          Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus yangi-yangi loyihalarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etishda qо‘sh qanot vazifasini о‘tamoqda. Ezgu istakli odamlar soni kо‘paymoqda, yangi tashabbuslar bо‘y kо‘rsatmoqda.

О‘.Barotov, J.Norqobilov (surat), Uza

22-04-2019 |
Фото галерея