Joriy yilning 8-13-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyat hokimligi va boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda viloyatning Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari” III xalqaro yoshlar qurultoyi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya kabi davlatlar, shuningdek, Respublikamizning turli viloyat va shaharlari yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Qurultoy yoshlarning ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini oshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish, yoshlarning ekologiya va turizm sohasidagi istiqbolli g‘oyalari hamda loyihalarini amalga oshirish maqsadida 1000 ga yaqin o‘zbekistonlik va xorijiy yoshlarni o‘z atrofida birlashtiradi.
Qurultoyning tantali ochilish marosimi 9-avgust kuni Shahrisabz shahri Oqsaroy majmuasida o‘tkaziladi.
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar