Ma’lumki, aprel oyining ikkinchi yarmida rо‘y bergan davomli va kuchli yog‘ingarchilik bir qancha hududlardagi chigit ekilgan yerlar sifatiga jiddiy zarar yetkazdi. Xususan, chigit unib chiqqan maydonlarda tuproq yuzasi qotib qolgan.

О‘rganishlar davomida viloyatimiz bо‘yicha 12 ming 321 gektar g‘о‘za maydonlarida qatqaloq aniqlandi. Shu bois mazkur maydonlarga tezkorlik bilan ishlov berish bо‘yicha ishchi guruh shakllantirilib, sektorlar kesimida agrotexnik tadbirlar olib borildi. Jarayonga 4 mingdan ortiq ishchi hamda 200 dan ortiq maxsus texnika jalb etildi. 1 may holatida dastlabki belgilangan maydonda tadbir  yakunlangan. Endilikda qatqaloq bо‘lgan boshqa maydonlarni aniqlash va tuproq yuzasini yumshatish bо‘yicha tadbirlar davom etayapti.

Viloyatdagi g‘о‘za maydonlarida tuproq yuzasini yumshatish bо‘yicha agrotexnik tadbirlarning borishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va uning tuman bо‘limlari tomonidan nazoratga olingan. Jumladan, har bir hudud uchun mas’ul inspektorlar biriktirilgan bо‘lib, ular tadbirlarning  о‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini kuzatib borishmoqda.

A.ARIPOV,

inspeksiyaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

 

05-05-2019 |
Фото галерея