2019 yil 11 may kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan 2018 yil davomida sport sohasida ulkan natijalarga erishgan hamda viloyatimiz sha’nini Osiyo va Jahon arenalarida munosib himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari, jonkuyar murabbiylari hamda sport federatsiyalari, shuningdek, viloyatimizda sportni keng targ‘ib qilish, rivojlantirish va uning ommaviyligini oshirishda о‘z hissalarini munosib tarzda qо‘shib kelayotgan bir qator tashkilot va idoralar rahbar xodimlari ishtirokida tadbir bо‘lib о‘tdi.

Mazkur tadbirda viloyat hokimi Zafar Ruziyev ishtirok etib, viloyatimiz sportchilarining erishgan yuqori natijalari haqida ta’kidlab о‘tdilar va tadbir qatnashchilariga о‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shundan sо‘ng sportchilar, murabbiylar hamda sport federatsiyalari va sportni rivojlantirishga hissasini qо‘shib kelayotgan tashkilotlar viloyat hokimi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan rag‘batlantirilib, qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

                                                                                                       Viloyat hokimligi  axborot xizmati

13-05-2019 |
Фото галерея