Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ruziyev tashabbusi bilan  kitob targ‘iboti bag‘ishlangan « Kitob karvoni» aksiyasi о‘tkazildi.. 

 

 

 

 

Prezidentimiz tomonidan yosh avlodga e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish kо‘nikmasini shakllantirish, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ilgari surilgan beshta tashabbusni qо‘llab-quvvatlash, uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish bо‘yicha Qashqadaryo  viloyatida ham keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Kitob karvoni” aksiyasi ana shu yо‘nalishdagi ishlarga bir misoldir.

Kitob targ‘ibotiga oid kо‘rgazmalar bilan jihozlangan va turli janrlardagi 40000 dan ortiq kitoblar tо‘plami ortilgan “Kitoblar karvoni” Qarshi shahridan viloyatning barcha tuman va shaharlariga faollar va tashabbuskor yoshlar hamrohligida о‘z manzillari sari yо‘l oldi.

Tadbir doirasida  Nashriyotlar, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tomonidan yurtimiz nashriyotlarida chop etilgan yangi kitoblar kо‘rgazmasi, yoyma dо‘konlarda kitob savdosi tashkil etildi.

Tadbir doirasida о‘tkazilayotgan "Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman", «Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman» xayriya aksiyalarida tо‘plangan kitoblar chekka qishloqlarda maktablarga va  kо‘chma kutubxonalar tashkil etish uchun berilmoqda.

Tadbir doirasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 ta tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi tumanida “Besh tashabbus – besh imkoniyat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari о‘tkazildi.

Suratlarni Murod Komilov olgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

22-05-2019 |
Фото галерея