Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan “Nuriston” qо‘rg‘onida harbiy xizmatchilar uchun 48 xonadondan iborat 2 ta kо‘p qavatli xizmat uyi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan о‘tkazilgan tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qо‘shinlari qо‘mondonligi, Nishon tumani hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Harbiylarga yangi xizmat xonadonlarining kaliti tantanali topshirildi.
Tadbirda harbiy okrug qо‘shinlari qо‘mondonligi vakillari sо‘zga chiqib, yangi turar joy binolariga kо‘chib о‘tayotgan harbiy xizmatchilarni qutladi.
Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uylar shinam, 2 va 3 xonadondan ibort. Ularda yashash uchun qulayliklar yaratilgan. Mehmonxona, oshxona va boshqa yordamchi xonalar zamonaviy jihozlangan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar