Qarshida yong‘in о‘chirish amaliy sporti bо‘yicha О‘zbekiston “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati chempionati bо‘lib о‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yong‘in xavfsizligi boshqarmalari hamda obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash boshqarmalarining jami 17 terma jamoa ishtirok etdi.

Chempionatda jamoalar 4x100 metrli yong‘in о‘chiruvchilar estafetasi, 100 metrga tо‘siqlar osha yugurish, ishg‘ol qilish narvonida о‘quv minorasining 4-qavatiga kо‘tarilish hamda yong‘in о‘chirish avtomobili orqali jangovar yoyilish turlari bо‘yicha imkoniyatini sinovdan о‘tkazdi.

Musobaqa natijalariga kо‘ra, 4x100 metrli yong‘in о‘chiruvchilar estafetasi turi bо‘yicha uchinchi о‘rinni Navoiy viloyati jamoasi, ikkinchi о‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va faxrli birinchi о‘rinni Qashqadaryo viloyati terma jamoasi egalladi.

 

100 metrga tо‘siqlar osha yugurish bahsida uchinchi о‘rinni Toshkent viloyati, ikkinchi о‘rinni Buxoro viloyati va birinchi о‘rinni Andijon viloyati vakillari egalladi.

Ishg‘ol qilish narvonida о‘quv minorasining 4-qavatiga kо‘tarilishda uchinchi о‘rinni Toshkent shahar, ikkinchi о‘rinni Andijon viloyati va birinchi о‘rinni Qashqadaryo viloyati jamoasi qо‘lga kiritdi.

Tо‘rtinchi, yong‘in о‘chirish avtomobili orqali jangovar yoyilish turida buxoroliklar uchinchi, surxondaryoliklar ikkinchi va Toshkent viloyati jamoasi birinchi bо‘ldi.

Tо‘rtta tur natijalari bо‘yicha umumjamoa hisobida uchinchi о‘rinni Qashqadaryo viloyati, ikkinchi о‘rinni Yong‘in xavfsizligi instituti va faxrli birinchi о‘rinni Buxoro viloyati jamoalari egalladi.

 

– Bu kabi musobaqalar xodimlarning о‘z kasbini mustahkam egallashiga xizmat qiladi, – deydi Qashqadaryo viloyati IIB YOXB boshlig‘ining xizmat bо‘yicha о‘rinbosari, podpolkovnik Farhod Quvatov. – Boisi yong‘in о‘chirish hodisasi о‘t о‘chiruvchidan nihoyatda chaqqonlikni, harakatchanlikni, irodalilikni, hushyorlikni talab qiladi. U о‘z jonini xatarga qо‘yib bо‘lsada, insonlar hayotini saqlab qolishi kerak.

Musobaqa yakunida g‘oliblikni qо‘lga kiritgan har bir jamoa a’zolari “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

О‘lmas  Barotov

 

23-04-2019 |
Фото галерея