Qashqadaryoda “О‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostidagi dо‘stlik va madaniyat festivali doirasida “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusidagi uchrashuv о‘tkazildi.

Uchrashuv Qarshi davlat universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari qо‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlarning rahbarlari, mutasaddi jamoat tashkilotlari rahbarlari, universitet о‘qituvchi va professorlari, talabalar ishtirokida ochiq muloqot tarzda bо‘lib о‘tdi.

Tadbir doirasida Universitet о‘qituvchi va talabalari, badiiy havaskorlar, hunarmand va rassomlar tomonidan millatlaroro totuvlik va bag‘rikenglikni о‘zida mujassam etgan “Inson manfaatlari – ulug‘ qadriyat” mavzusida tasviriy va amaliy san’at asarlari kо‘rgazmasi yuqori saviyada tashkil etildi.

                                                 Viloyat hokimligi axborot xizmati

 

25-05-2019 |
Фото галерея