2019 yil 27-28 aprel kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan “Geolog” sport sog‘lomlashtirish majmuasida О‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda “О‘zbek jang san’ati” federatsiyasi tashabbusi bilan sportning “О‘zbek jang san’ati” turi bо‘yicha “Amir Temur turniri” sport musobaqasi bо‘lib о‘tmoqda.

Mazkur “Amir Temur turniri” sport musobaqasida Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda mezbon Qashqadaryo viloyatidan kelgan 500 (shundan 110 nafari qizlar) nafarga yaqin 6 yoshdan 15 yoshgacha bо‘lgan sportchilar
20 kg dan +64 kg gacha bо‘lgan vazn toifalari bо‘yicha ishtirok etishmoqda.

Musobaqada g‘olib va sovrindor bо‘lgan ishtirokchilar “О‘zbek jang san’ati” federatsiyasi hamda xomiy tashkilotlar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishmoqda.

                                  Viloyat hokimligi axborot xizmati

28-04-2019 |
Фото галерея