Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati natijasida mamlakatimizda uysiz, kam ta’minlangan, nogiron va boquvchisini yо‘qotgan oilalar ham zamonaviy uy-joylarga kо‘chib о‘tib, baxtli hayot kechirmoqda.

Darhaqiqat, uy inson hayotining ajralmas bо‘lagi. Xalqimiz uni Vatanga qiyoslab, har bir insonning о‘z vatani, gо‘shasi bо‘lsin, deya duo qiladi.

Qarshi shahridagi Kat mahallasida 20 nafar nogironligi bо‘lgan, kam ta’minlangan fuqaroga 20 moslashtirilgan uy-joyning kaliti topshirilgani ham mazkur duoning amaldagi ifodasi bо‘ldi, desak mubolag‘a bо‘lmaydi.

Qarshi shahri “Naxshab” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Dilnavoz Erkayeva yolg‘iz ona. Saraton kasalligiga chalingani bois, 2-guruh nogironi. Shu kunga qadar u bir nafar farzandi bilan onasinikida 4 nafar voyaga yetgan ukasi bilan jami 7 kishi bir xonali uyda yashab kelardi. Bugun uning uchun eng quvonchli kun. Endi uning о‘z uyi bor.

– Xursandchiligim ichimga sig‘maydi, – deydi Dilnavoz kо‘zlariga yosh olib. – Hatto о‘zimni sog‘lom insonlardek his qila boshladim. Keyingi paytlar juda tushkunlikka tushib qolgan edim. Bu uyning menga berilishi hayotimni butkul о‘zgartirib yuborgandek gо‘yo. О‘g‘lim Aleksandr ham hursand. Endi u ham tengdoshlari oldida uyalmaydi. Boshini tik tutib yuradi. Buning ustiga bizga berilgan uyda hamma sharoit muhayyo ekan. Xuddi tush kо‘rayotgandekman, hozir.

Qarshi shahar “Qarliqbog‘ot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Lobar Usmonova ham turmush о‘rtog‘i vafotidan sо‘ng uch nafar yosh farzandi bilan qiynalib qoldi. U qaynotasinikida jami 4 ta oila bir xonadonda yashab kelardi. Ikkita о‘g‘li endigina maktabga bora boshlagan. Kenjasiga hali ona tarbiyasi zarur. Shu bois u ishlash imkonidan mahrum. Uy-joy masalasidagi oilaviy tortishuvlar sо‘nggi paytlarda uni juda charchatgan edi. Mutasaddilar unga ham uy ajratganini eshitib, benihoya quvondi.

– Bugun men uchun eng baxtiyor kun, – deydi Lobar Usmonova. – Ayniqsa, farzandlarim juda hursand. Nasib etsa, bu uyda yangi hayot boshlayman. Biz kabi ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olganlardan bag‘oyat minnatdormiz. Ilgarilari ham bu masala bо‘yicha kо‘p bora murojaat qilganman, lekin hech natija bо‘lmagan. Mana, haqiqat bor ekan. Nihoyat bizning ahvolimiz о‘rganilib, uy ajratildi. Bu hayotimizni, fikrimizni о‘zgartirdi. Hayotga mehrim oshdi. Bizga kо‘rsatilgan bu e’tiborni, albatta, oqlaymiz. Endi imkonim boricha harakat qilaman. Yonimizdagi tikuvchilik sexida ishlab baxtli hayot kechiraman.

Darhaqiqat, tadbir doirasida yangi xonadonlarga ega bо‘lgan fuqarolar ishlab, mehnat qilishlari uchun tikuvchilik va mebel sexi faoliyati ham yо‘lga qо‘yildi. Endilikda ular mana shu sexlarda ishlab, oilasi farovonligini ta’minlaydi.

Shuningdek, tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan uyga ega bо‘lgan oilalarning 35 nafar farzandiga о‘quv-qurollari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham berildi.

Uy topshirish marosimi katta shodiyona, bayramga aylandi. Yuzida hayotdan mamnunlik hissi barq etib turgan yangi xonadon egalarining quvonchi gо‘yo olamni tutadi. Taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qо‘shiqlar tadbirga о‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Rо‘ziyev sо‘zga chiqdi.

 

08-05-2019 |
Фото галерея