О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi huzuridagi "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi Qarshi shahar filiali xodimlari hamda yosh tadbirkorlarning malakasini oshirishga qaratilgan seminar-trening bо‘lib о‘tdi.

Ta’kidlab о‘tish joizki, Prezident farmoni bilan "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimiz yoshlari hayotida yangi sahifa ochdi. Ushbu hujjatda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini rо‘yobga chiqarish, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlashga tо‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga yо‘naltirilgan qator chora-tadbirlar belgilangan.

Ayni paytda bu borada Qarshi shahrida ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, dastur doirasida о‘tgan 2018 yilda 24 nafar yosh tadbirkorga 6 milliard 351 million sо‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Ushbu mablag‘ evaziga ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish va boshqa tarmoqlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan faoliyatning yо‘lga qо‘yilishi natijasida 268 ta yangi ish о‘rini yaratilgan.

Joriy yilda esa shakllantirilgan manzilli rо‘yxat bо‘yicha 79 nafar yoshga 33 milliard 734 million sо‘m kredit ajratilishi va 623 ta yangi ish о‘rni yaratish rejalashtirilgan bо‘lib, loyihalarni moliyalashtirish ishlari davom etmoqda.

"Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasining tuman, shahar filiallari xodimlari malakasini oshirish maqsadida tuzilgan respublika ishchi guruhi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda ham bu boradagi ishlarni belgilangan talab va tartibga muvofiq olib borish, tadbirkorlik  istagidagi yoshlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash masalalari tо‘g‘risida atroflicha fikrlashildi.

Shuningdek, yosh tadbirkorlarga turli imtiyozlar, biznes-rejalar tuzish, biznes-tashabbuslar, startap  va loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga olish masalalari, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bо‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi.

Jahongir BOYMURODOV

Muallif olgan suratlar.

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

26-04-2019 |
Фото галерея