9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi  9-maktabda "Ajdodlarni xotirlash - muqaddas qadriyat" hamda "E’tibor va g‘amxо‘rlik - insoniy burch" shiori ostida uch avlod uchrashuvi tashkil qilindi. Unda urushda qatnashmagan bо‘lsa-da, Leningrad qamalidan aziyat chekkan  Soniya Nurmagambetova, shuningdek, maktab о‘qituvchi va о‘quvchilari, Nishon tumani "Yosh chegarachilar" jamoasi,  Chegara qо‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuv ochiq va о‘zaro samimiy muloqot ruhida о‘tdi. Soniya Nurmagambetova о‘sha og‘ir damlarda boshidan о‘tkazgan voqealar, qonli janglar dahshati haqida sо‘zlab berdi. Ayniqsa, uning 1941 yildan 1944 yilga qadar davom etgan Leningrad qamali, askarlarning qahramonliklari tо‘g‘risidagi hikoyalari yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.

- Albatta, jasorat unutilmaydi, - deydi mayor Aybek Dauletmuratov. - Fashizmga qarshi kurashda fidoyilik kо‘rsatgan yurtdoshlarimiz bugun yuksak e’zoz va hurmatda. Mamlakat boshiga tushgan tahlikali damda yurt himoyasini о‘z jonidan afzal bilgan Soniya Nurmagambetovadek insonlarning qahramonligi barchamizga о‘rnak bо‘ladi. Bu uchrashuv nafaqat yoshlar, balki biz, harbiy xizmatchilarda ham vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘usi kuchayishiga turtki berdi.

Tadbir asnosida Ikkinchi jahon urushi faxriysiga qimmatbaho sovg‘a va gullar berildi. Shuningdek,  uchrashuv ishtirokchilariga "Sharaf lentalari" tarqatildi.

Maktab о‘quvchilari tayyorlagan badiiy qism va harbiylar tomonidan namoyish etilgan "Chegara qо‘shinlari madhiyasi" kо‘rsatuvi tadbirning shukuhli о‘tishini ta’minladi.

Sobir NARZIYEV

Muallif olgan surat.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

09-05-2019 |
Фото галерея