Dehqonobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilish maqsadida 10 ming kishi ishtirokidagi yugurish marafoni tashkil etildi.

Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan chora-tadbirlar doirasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish maqsadida tashkil etilgan 4,5 kilometrlik yugurish marafonida 10 ming nafar ishtirokchilar orasida 200 nafar nuroniyning ham borligi diqqatga sazovor jihat hisoblanadi.

Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

         Ma’lum bо‘lishicha, tumanda yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb maqsadida 5-sonli musiqa va san’at maktabida tumandagi yosh estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi tashkil etilib, yosh shoir va shoiralarning she’riy chiqishlari hamda rassomchilik va san’atning boshqa turlari bо‘yicha kо‘rgazmalar tashil etilgan.

Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

— Tumandagi 70-sonli maktabda esa aholi va yoshlarning kompyuter va internetdan samarali foydalanishini tashkil etish maqsadida shart-sharoit hozirlandi. Jumladan aholi va yoshlar uchun kompyuterlar keltirilib, internetdan samarali foydalanishni о‘rgatish ishlari yо‘lga qо‘yildi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi doirasida tuman hokimining о‘zi yoshlarga kitob ulashish tashabbusini boshlab berdi, — deyiladi hokimlik xabarida.

Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

10 ming kishilik yugurish marafonida «Nuroniylar» о‘rtasida birinchilikni 80 yoshli Yusuf Xushvaqtov qо‘lga kiritgan bо‘lsa, korxona-tashkilot yoshlaridan erkaklar о‘rtasida Nuriddin Daminov, ayollar о‘rtasida esa Habiba G‘aniyevaga teng keladigani topilmagan. Marafon yakunida g‘oliblar tuman hokimining qimmatbaho sovg‘alariga ega bо‘lgan.

Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

Tadbir davomida markaziy о‘yingohda mahalla yoshlari о‘rtasida sportning futbol, voleybol, kurash, musobaqalari bо‘lib о‘tgan.

daryo.uz ma’lumotlari asosida

25-04-2019 |
Фото галерея