Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - О‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bо‘lib  о‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala kо‘rib chiqildi. O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyati kengashi raisi  vazifasiga ishlab kelayotgan Yoziyev Lutfullo Habibullayevich о‘z arizasiga kо‘ra vazifasidan ozod etildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi vazifasiga viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Tursunov Shuhrat Xamidovich nomzodi tavsiya etildi hamda Kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan qо‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilishda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qо‘mitasi raisi о‘rinbosari Baxtiyor  Sultonnazirovich  Yaqubov  ishtirok etdi.

 

 

07-05-2019 |
Фото галерея