15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi   Dehqonobod tuman  Kengashi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda “Mening oilam – mening baxtim!” nomli bayram dasturi o‘tkazildi. Unda tumaning barcha qishloq va mahalladan tashrif buyurgan yosh oilalar hamda ko‘p yillik tajribaga ega oilalar vakillari ishtirok etdi.

Mehmonlarga bayram munosabati bilan tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq, statuetka va estalik sovg‘alar ulashildi.

— Oila kuni bayramida ilk bor ishtirok etishimiz. Dehqonobod tumanidan aynan bizning oilamiz namunaviy oila sifatida e’tirof etilganidan benihoya hursandmiz! – deydi Ismoilova Gulmira. —Barchani ushbu bayram bilan tabriklaymiz, ilohim oilalar mustahkam va baxtli bo‘lsin!

Tadbirda Respublika yoshlar markazi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasining “Yoshlar” teatr-studiyasi tomonida kichik spektakl namoyish etildi hamda tuman madanyat xodimlari  o‘z chiqishlari bilan tadbirga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

 

17-05-2019 |
Фото галерея