So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda xorijiy hamkorlar bilan yangi loyihalarni amalga oshirish, shu orqali yurtimizni investitsiya muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Buning natijasida Qashqadaryoda ham salmoqli ishlar bajarilib, investorlar bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, kuni kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov Xitoyning “ZTE Corporation” vitse-prezidenti Syu Bin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muloqot davomida viloyat hokimi Xitoyda telekommunikatsiya sohasida maxsus uskunalar ishlab chiqaradigan mashhur korxona vakillariga Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy va savdo-investitsiyaviy imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi hamda Qarshi shahrida "ZTE" kompaniyasining ofisini ochish taklifini bildirib, yana bir qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Delegatsiya tashrif davomida Qarshi shahridagi kichik sanoat zonasida yaratilayotgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlar bilan tanishuvi ularning loyihalarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar