Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2023-yil 11-aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni 3 toifaga (“yaxshi” — “o‘rta” — “og‘ir”) ajratgan holda, ular bilan individual ishlash va muammolarini hal etish maqsadida rahbarlarga biriktirish tizimi joriy etilgan edi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov o'ziga biriktirilgan Qarshi tumani 1-sektor hududida joylashgan “Guliston” mahallasida yashovchi 17 nafar yoshlar va ularning oila a'zolari bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi.

Uchrashuvda yoshlar bilan kelgusida individual ishlash va ularni muammolarini aniqlab manzilli hal etish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, uchrashuvda davomida yoshlar tomonidan asosan ularni bandligini ta’minlashga ko’maklashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlarni olish masalalari yuzasidan muammo hamda takliflar bildirildi.

Shuningdek, yoshlar viloyat hokimligi binosida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport turlari burchagi va kutubxona faoliyati bilan tanishdi.

Yakunda yoshlarga viloyat hokimi dastxati tushirilgan kitoblar to'plami va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan 2023-yilda davlat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan 23 774 nafar yoshlar 528 nafar rahbarlarga biriktirilib, muammosi aniqlangan 15 700 nafar yoshlarning barchasini ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etilgan edi.

16-04-2024 |
Фото галерея