Bugungi texnika asrida kitobga e’tibor, qiziqish kamaymoqda, deymiz. Ammo, kitob dо‘konlariga kirsangiz, kо‘plab kitobxonlar har qanday texnika-texnologiyadan kitobni ustun qо‘yishlari ma’lum bо‘ladi.

Kitob dо‘konlarida bо‘lganimizda, kitobxonlarda aynan qanday kitoblarga qiziqish yuqori ekanligini kuzatdik va poytaxtimizdagi “Kitoblar olami” dо‘konida talab yuqori bо‘lgan kitoblar reytingini о‘rganishga harakat qildik.

Eng kо‘p sotiladigan kitoblar reytingida 1-о‘rinni Abdulla Qodiriyning “О‘tkan kunlar” hamda “Mehrobdan chayon” asarlari egallab turibdi. Keyingi pog‘onalarda esa bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi Tо‘xtaboyev hamda О‘tkir Hoshimovning asarlari turar ekan.

Rо‘yxatning yuqori pog‘onalaridan taniqli о‘zbek adibi Tohir Malikning “Shaytanat” va boshqa asarlari, yangi о‘zbek adabiyoti vakillaridan Poyon Ravshanovning “Malika Kenagas Oyim Oychuchuk” asari, Baxtiyor Abdug‘afurning “Jaloliddin Manguberdi” asari, Ishoqjon Nishonovning “Afg‘on shamoli” asarining barcha qismlari, Zulayho Masharipova ijodiga mansub asarlar, nazm yо‘nalishida Farida Afrо‘z va Marhabo Karimovaning tо‘plamlari, bundan tashqari, Mirzakarim Norbekovning psixologiyaga oid barcha asarlari о‘rin olgan.

Jahon adabiyoti vakillaridan esa Fyodor Dostoyevskiy qalamiga mansub asarlarga talab yuqori ekan. Shuningdek, rо‘yxatdan Lev Tolstoy romanlari, Stendalning “Qizil va qora” romani, Marsel Brionning “Menkim, Sohibqiron – jahongir Temur” asari, shuningdek, psixolog Deyl Karnegi qalamiga mansub asarlarning ham xaridorlari kо‘p ekanligi ma’lum bо‘ldi.

Xulosa о‘rnida aytadigan bо‘lsak, har qanday holatda ham kitob beradigan zavqni boshqa vosita bilan bosib bо‘lmaydi.

 

M.Mamarasulova, D.Isoqulova 

UzA.uz ma’lumotlari asosida

 

30-04-2019 |
Фото галерея