Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida seminar tashkil etildi.

Korrupsiya davlat va jamiyat xavfsizligiga rahna soluvchi eng xatarli illatlardan biridir. Chunki, korrupsiya chegara bilmaydi. Bu insonning nafsi bilan bog‘liq jarayondir. Shuningdek, aynan korrupsiya sababli boshqa xavfli illatlar shakllanishiga yо‘l  ochilishi hech  kimga sir emas.

Davlatimiz rahbari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi qonunning imzolanishi aynan korrupsiya jinoyatiga qaratilgan ishlar uchun dastlabki qadam bо‘ldi, desak, hech mubolag‘a bо‘lmaydi. Ushbu qonunning qabul qilinishi bilan amalga oshirilgan chora-tadbirlarnatijasida Respublikamiz bо‘ylab bu jinoyatning sodir etilish holatlari sezilarli darajada kamayganiga guvoh bо‘lamiz. Albatta, “Kasallikni  davolagandan kо‘ra uning oldini olgan  yaxshi” deganlaridek, bunda profilaktik suhbatlarning о‘rni anchayin  kattadir. Aynan shu munosabat bilan Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan shu mavzuga bag‘ishlangan tadbir о‘tkazildi.

Tadbirda boshqarmaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot, ichki xavfsizlikni ta’minlash shо‘balari, tashkiliy nazorat va tahlil hamda kadrlar bо‘limi xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaning naqadar xavfli illat ekanligi, davlat va jamiyat shakllanishiga qanchalik tо‘siq bо‘lishi hamda ushbu kunda Byuroning viloyat boshqarmasi organlari tomonidan bu illatni bartaraf etish bо‘yicha qonuniy hamda ijtimoiy jihatdan amalga oshirilayotgan ishlar tо‘g‘risida mazmunli ma’ruzalarni yig‘ilganlar e’tiboriga havola etdilar.

Shu bilan birga, korrupsiya jinoyatining vujudga kelish tarixi tо‘g‘risida, jumladan, korrupsiya – bu mansabdor shaxslar faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha Singapur davlatining olib borgan tajribasi alohida muhim ahamiyatga ega ekanligi, korrupsiyaning oldi olinishi natijasida ushbu davlat rivojlangan davlatlar qatoridan о‘rin olganligi ta’kidlanib, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri – har qanday sohada, tizimda korrupsiya holatlarning vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarga barham berilishi kerakligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida talabalar huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan soha bо‘yicha о‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. 

Seminarda kelgusida davlatimiz ravnaqi uchun har bir О‘zbekiston fuqarosi mas’ul ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi mas’uliyat ekanligini anglab, milliy davlatchiligimiz ravnaqi uchun barcha sidqidildan mehnat qilish lozimligi ta’kidlab о‘tildi.

 

Majburiy ijro byurosi

Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

 

28-04-2019 |
Фото галерея