Mirishkor tumani Gulshanbog‘ qishlog‘ida joylashgan 18-sonli umumiy о‘rta ta’lim maktabida hozirgi kunda 367 nafar о‘quvchilar ta’lim – tarbiya olib kelmoqdalar. Mazkur maktabda ta’lim о‘zbek va tojik tillarida olib boriladi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ruziyev tashabbusi bilan maktab kutubxonasi fondiga 500 dona tojik va о‘zbek  tillarida chop etilgan badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Aholi bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar kо‘rish maqsadida maktab hovlisida viloyat hokimi Zafar Ruziyev tuman hokimligi hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida Gulshanbog‘ qishlog‘i fuqarolari uchun  sayyor qabul о‘tkazdi. Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi va ular qо‘ygan muammolar bо‘yicha sektor rahbarlari, tuman hokimlari, va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida tegishli choralar kо‘rdi. Ayrim murojaatlarda kо‘rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Bog‘cha muammosi bilan viloyat hokimiga murojaat qildik, – deydi qishloq aholi vakillari nomidan murojaat qilgan Asad aka Hamroyev. Viloyat rahbari dardimizni tinglab, yaqin kunlarda maktabgacha ta’lim muassasasi bilan bog‘liq masalalarni о‘rganish hamda qishloqda foydalanilmay turgan binoda maktabgacha ta’lim muassasasini qurilishini boshlash bо‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi. Bundan tashqari, qishlog‘imizning ayanchli holga kelib qolgan, 6 km yо‘llarimiz tekislanib, shag‘al yotqiziladigan, tez fursatda esa bosqichma -bosqich asfaltlashtiriladigan bо‘ldi.

          

 

Tadbir sо‘ngida voha san’atkorlari  tomonidan tayyorlangan konsert dasturi Gulshanbog‘ qishlog‘i aholisi  va 18-sonli umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘qituvchilari va о‘quvchilarida  о‘zgacha zavq bag‘ishladi.

 

Suratlarni Murod Komilov olgan.

Viloyat   hokimligi   axborot   xizmati

 

17-05-2019 |
Фото галерея