О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan viloyat IIB, tuman-shaharlar bо‘yicha ichki ishlar organlari jinoyat qidiruv bо‘lim (bо‘linma, guruh) boshliqlari, profilaktika inspektorlari va navbatchilik qismlari inspektorlari uchun sayyor о‘quv yig‘ini о‘tkazildi.

О‘quv yig‘inlari vazirlikning Qashqadaryo akademik litseyidagi Malaka oshirish instituti filialida tashkil etilib, mashg‘ulotlarni institut professor-о‘qituvchilari olib borishdi. Mashg‘ulotlar davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, "Xavfsiz shahar" konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish, profilaktika inspektorlarining viktimologik profilaktik faoliyati, jinoyatlarni fosh etish va qidiruvdagi shaxslarni aniqlash, sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashni axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkillashtirish, shuningdek, navbatchilik qismi faoliyatini tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish yо‘nalishlaridagi dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

- Tog‘li Dehqonobod tumanining eng chekka hududlaridan biri - Boshchorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boraman, - deydi profilaktika inspektori Xisrav Shamsiyev. - Hududdagi 523 xonadonda 2850 nafar aholi istiqomat qiladi. Tabiiyki, bunday hududda faoliyat olib borishning mas’uliyati ham katta bо‘ladi. О‘quv yig‘inida olgan nazariy bilim va kо‘nikmalarim, xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ish yuritishni tashkil etishning о‘ziga xos xususiyatlari, firibgarlik, bezorilik, о‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olishda ishlarni samarali tashkil  etish, qabul qilinayotgan yangi qonunlar hamda qonunlarga kiritilayotgan qо‘shimcha va о‘zgartirishlar singari qator yо‘nalishlardagi qimmatli ma’lumotlar faoliyatimiz davomida asqatishi shubhasiz.

О‘quv yig‘ini yakunida tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berildi.

N.XО‘JAYEV

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

25-05-2019 |
Фото галерея