Chiroqchi tumanida tuman hokimligi, aholi bandligiga kо‘maklashish markazi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan bо‘sh ish о‘rinlari yarmarkasida hududdagi 49 tashkilot 287 ta bо‘sh ish о‘rni bilan ishtirok etdi.
- Tibbiyot kollejini tamomlaganman, - deydi Humo mahallasida yashovchi О‘g‘iloy Razzoqova. - Biroq shu vaqtgacha soham bо‘yicha о‘zimga munosib ish topolmay kelayotgandim. Bugungi yarmarkada tuman tibbiyot birlashmasi taqdim etgan bо‘sh ish о‘rinlari bilan tanishib chiqdim. Markaziy poliklinikada terapiya hamshirasi uchun ish о‘rni bor ekan. Bu menga ma’qul bо‘ldi. Hujjatlarimni topshirib, ishga yо‘llanma oldim.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga ijtimoiy muhofaza, tadbirkorlikka yо‘naltirilgan imtiyozli kreditlar tо‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.
Jahongir BOYMURODOV
Sobir NARZIYEV olgan surat.
Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar