21 may kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining о‘rinbosari Xatamov Rustam Abdug‘aniyevich  tomonidan sayyor qabul о‘tkazildi.

 

 

 

 

Sayyor qabulga Qashqadaryo viloyatining  Qarshi shahri va Muborak, Nishon,Mirishkor, Koson, Qarshi va Kasbi tumani fuqarolari qabul qilindi.

Ichki ishlar vaziri о‘rinbosarining sayyor qabulida qator murojaatlar kо‘rib chiqilib, aksariyati о‘z joyida bartaraf etilgan bо‘lsa, ayrimlari tegishliligi bо‘yicha mutasaddilar nazoratiga olindi.

Kasbi tumanida о‘tkazilgan sayyor qabulda kо‘plab fuqarolarning murojaati joyida hal etildi. Jumladan, nogironligi bо‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari, dori-darmon va boshqa kerakli buyumlar  tarqatildi.

22-05-2019 |
Фото галерея