О‘tgan yili "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi doirasida Shahrisabz shahrida 26 nafar yosh tadbirkorning istiqbolli loyihalari moliyalashtirilib, ularga jami 2 milliard 200 million sо‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar taqdim etilgan.

Ahamiyatlisi, bugungi kunga kelib sanoat, xizmat kо‘rsatish va qishloq xо‘jaligi jabhasidagi ushbu loyihalarning  aksariyati о‘z samarasini bera boshladi. Yosh tadbirkor E’zoza Qurbonovaning ishini ham bu borada namuna qilib keltirish mumkin. Zero, joriy yil yanvarida uning rahbarligida mebel ishlab chiqarish sexi faoliyat boshladi.

- Imtiyozli kredit berilayotganini eshitib, undan unumli foydalanish harakatiga tushdik, - deydi E’zoza. - Biznes-reja tuzib, taklif berdik. Bu yо‘nalishni tanlaganimizga sabab turmush о‘rtog‘im ilgari yog‘och ustasi bо‘lgan. Bir qancha korxonada ishlab tajriba orttirgan. Shu hunar bizga juda qо‘l keldi. Tashabbusimiz ma’qullangach, 30 million sо‘m kredit berishdi. 120 million sо‘m sarmoyani о‘z hisobimizdan qо‘shdik. Kreditni dastgoh xarid qilishga, о‘z mablag‘imizni esa sex tashkil etishga sarfladik. Hozirda MDF eshiklar yasashni yо‘lga qо‘yganmiz. Asosiy xaridorlarimiz aholi vakillaridir.

Tadbirkorning sо‘zlariga kо‘ra, loyiha muvaffaqiyatli rо‘yobga chiqqach, 3 nafar kishi doimiy daromad manbaiga ega bо‘lgan. Bugun bozorda о‘z о‘rnini topib ulgurgan yosh ishbilarmon kelgusida yangi texnologiyalar evaziga mavjud quvvatni oshirish haqida о‘ylayapti. Bu borada ham yana "Yoshlar - kelajagimiz" dasturiga murojaat qilmoqchi.

M.JО‘RAYEV

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

25-05-2019 |
Фото галерея