Qarshi madaniyat va aholi dam olish markazida "О‘zbek, tojik, turkman, qozoq va qirg‘iz yoshlari dо‘stligi abadiydir!" shiori ostida yoshlar festivali tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, madaniyat boshqarmasi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va Qarshi shahrida faoliyat kо‘rsatuvchi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan festivalga о‘zbek hamda qardosh millatlar yoshlari, milliy-madaniy markazlar faollari, jamoatchilik tashkilotlari vakillari taklif etildi.

Hayot tarzi, qadriyatlari, urf-odatlari о‘xshash, о‘tmishi tutash ushbu millatlar yoshlarining hamjihatligini tarannum qilgan tadbir ochilish marosimida millatlararo totuvlik, madaniy aloqalar rivojining bugungi ahamiyati haqida gapirildi. Turli millat vakillari tomonidan vatanni, dо‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi kuy-qо‘shiqlar ijro etildi, milliy va madaniy chiqishlar namoyish qilindi.

Festival davomida ajdodlarimizning mо‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan "Elparvar" filmi namoyish etildi. Ishtirokchilarning "Vatanparvarlar bog‘i" bо‘ylab qilgan sayohati esda qolarli bо‘ldi.

Ta’kidlash joiz, viloyat miqyosida ilk bor о‘tkazilgan mazkur yoshlar festivalini endilikda har yili an’anaviy tarzda uyushtirishga kelishib olindi.

SOJIDA

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

23-04-2019 |
Фото галерея