Yana sanoqli kunlardan sо‘ng viloyatimiz dalalarida kuzda ekilgan boshoqli don ekinlari pishib yetiladi. Zalvorli mehnat evaziga yetishtirilgan hosilni qisqa fursatda, nes-nobud qilmasdan о‘rib-yig‘ib olish esa soha mutasaddilari, dehqonu fermerlar oldida turgan endigi eng muhim vazifa hisoblanadi.

Viloyatda shakllantirilgan g‘alla shtabi ishchi guruhi rahbari Jumanazar Tangirov bu borada olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida quyidagilarni gapirib berdi.

О‘rim-yig‘im texnikalari mavsumga shay

- Bu yil viloyatda 470 ta yuqori unumli kombayn g‘alla о‘rimiga jalb etiladi. Ularning aksariyati yangi, jumladan, 70 tasi 2019 yilda xarid qilingan "Klaas" rusumidagi kombayn. Shuningdek, yana 226 ta kombayn Keys, 50 tasi "Vyektor-410" hamda 124 tasi "Klaas-Dominator" rusumli о‘rim texnikalari hisoblanadi.

Har bir kombaynga beshtadan tashish texnikasi biriktiriladi. Qolavyersa, mavsum davomida kо‘plab  yonilg‘i tashish, yer tekislash, haydov texnikalari, tirkamalar va boshqa vositalardan foydalaniladi. Ayni paytda mavjud kombaynlarning barchasi texnik kо‘rikdan о‘tkazildi. Shuningdek, zarur texnika vositalari kо‘zdan kechirilib,  mavsumga shaylanmoqda.

Bundan tashqari, о‘rim-yig‘im mavsumida ishtirok etadigan texnikalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida zarur ehtiyot qismlar, 5 ming 247 tonna dizyelь yonilg‘isi, 57 tonna benzin, 950 ming kub suyultirilgan gaz hamda boshqa kerakli ashyolar hisob-kitob qilinib, zaxirasi yaratilmoqda.

Bir otryadga bir kombayn

- Kombaynlarning tо‘xtovsiz ishlashini ta’minlash maqsadida har biriga ikki nafardan operator (haydovchi) tayinlangan. Operatorlarga mavsum boshidanoq bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 1 million sо‘mdan pul mukofotlari tarqatilmoqda. Bu rag‘bat ularning ishga mas’uliyatini yanada oshiradi.

Shuningdek, har bir kombayn negizida bitta  otryad tashkil etilgan. Ushbu otryadlarga о‘rimda qatnashadigan texnikalarning doimiy sozligini ta’minlash maqsadida kо‘chma ta’mirlash ustaxonasi, yonilg‘i va moylash materiallari yetkazib beruvchi texnikalar biriktirilib, otryad a’zolarining mehnat qilishi va dam olishi uchun dalaning о‘zida zarur sharoit yaratiladi.

Nes-nobudga yо‘l qо‘yilmaydi

- Bu yil viloyatda 5 ta korxona tomonidan don qabul qilinadi. Ushbu korxonalar joylarda о‘zining 26 ta don qabul qilish maskaniga ega.

Tayyorgarlik tadbirlari davomida tegishli ishchi guruhlar tomonidan ushbu maskanlarning mavsumga tayyorligi tо‘liq kо‘rikdan о‘tkazildi. Jumladan, elevatorlar tekshirildi, tarozilar, laboratoriya jihozlari qiyoslovdan о‘tkazildi, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish choralari kо‘rildi.

Shu bilan bir qatorda, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmaslik, talon-torojga yо‘l qо‘ymaslik borasida ham qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, о‘rim mavsumi davomida 118 ta yо‘nalish bо‘yicha 20 YPX ekipaji, 24 ta nazorat maskani tashkil etilishi  rejalashtirilgan. Ushbu nazorat maskanlarining har biriga ikki nafardan IIB xodimi biriktirilib, ular kunu tun faoliyat olib boradi.

О‘rim qachon boshlanadi?

- Hududlarda boshoqli don ekinlarining yetilishi doimiy nazoratda turibdi. Don tо‘liq pishishi bilan о‘rimga kirishiladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga kо‘ra, о‘rim parvarishlangan g‘alla navlariga qarab Mirishkor, Nishon, Muborak tumanlarida 5 iyundan, Koson, Kasbi, Qarshi tumanlarida 10 iyundan, Qamashi, Chiroqchi, G‘uzor, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob tumanlarida esa 15 iyundan boshlanishi rejalashtirilgan.

Qancha hosil olinadi?

- Bu yil viloyatimizda 3 ming 585 ta fermer xо‘jaligi tomonidan 141 ming 800 gektar suvli hamda 63 ming gektar lalmi maydonlarda boshoqli don ekinlari parvarishlandi.

Joriy yil bahorgi ob-havo boshoqli don ekinlari uchun juda qulay keldi. Barcha hududlarda ekin yaxshi rivojlangan. О‘tkazilgan tahlillar natijasiga kо‘ra, suvli maydonlardan о‘rtacha 65 sentnerdan, lalmi maydonlardan esa 20-25 sentnerdan hosil olish kutilayapti.

Salmoq ortsa, daromad ham kо‘payadi

Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrdagi tegishli qaroriga asosan, davlatga don sotishda yangi xarid narxlari belgilangan.

Unga kо‘ra, 2019 yil hosili uchun bug‘doyning har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining о‘rtacha narxi 1 million 200 ming sо‘m miqdorida belgilandi. Shu bilan bir qatorda, yetishtirilgan boshoqli don hosildorligiga qarab davlat xaridi uchun yetkazib berilgan g‘alla xarid narxiga 25 foizgacha ustama yoki chegirma qо‘llaniladi.

Jumladan, sug‘oriladigan maydonning har gektari hosildorligiga qarab, barcha boshoqli don ekinlari bо‘yicha don xarid narxiga quyidagi tarzda ustama yoki chegirma qо‘llaniladi:

- 30 sentner va undan kam bо‘lganida - 25 foiz chegirma;

- 31 sentnerdan 40 sentnergacha bо‘lganida - 15 foiz chegirma;

- 41 sentnerdan 50 sentnergacha bо‘lganida - 10 foiz ustama;

- 51 sentnerdan 60 sentnergacha bо‘lganida - 20 foiz ustama;

- 61 sentner va undan yuqori bо‘lganida - 25 foiz ustama qо‘llaniladi. 

Bu degani fermer qancha kо‘p don sotsa, donning xarid bahosi shunchalik oshib boravyeradi yoki aksincha. Demak, u davlatga iloji boricha kо‘proq don sotishdan manfaatdor.

Hozirgi kunda bu borada ham fermerlar orasida tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Jahongir BOYMURODOV yozib oldi.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

28-05-2019 |
Фото галерея