Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida autsorsing xizmatlarini kо‘rsatishga talabgorlarni о‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlab oluvchi Ishchi guruhi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti Qarshi shahriga kо‘chirilishi munosabati bilan bilim yurti shaxsiy tarkibini ovqatlantirishni autsorsing shartlari asosida tashkil etish yuzasidan о‘tkaziladigan tanlovga taklif etadi.

Tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlar viloyat Ishchi guruhiga qо‘yidagi hujjatlarni taqdim etishlari sо‘raladi:

Tanlovda qatnashish uchun investor ommaviy axborot vositalarida oldindan e’lon qilingan tanlov о‘tkazilishi sanasidan kamida bir ish kuni oldin Hududiy tanlov komissiyasining kо‘rib chiqishi о‘z taklifini taqdim etadi.

Talabgorlarning takliflari 2019 yil 29 mayda hududiy tanlov komissiyasi tomonidan viloyat hokimligi binosida kо‘rib chiqiladi. Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddatlari 2019 yil 28 may kuni soat 18-00gacha.

Tanlovda qatnashish uchun Ishchi guruhiga talabgor yoki uning vakili tanlov о‘tkazish tо‘g‘risidagi e’londa belgilangan muddatlarda chopar yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda tanlovda qatnashishga buyurtmanomani taqdim etadi:

davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganlik tо‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, ta’sis hujjatlarining nusxasi;

talabgorning tegishli faoliyati turini amalga oshirish uchun litsenziyasi nusxasi;

moliyaviy jihatdan tо‘lovga qodirligini tasdiqlovchi hujjatlar, ya’ni bank hisob-raqamlarida harbiy xizmatchilarni 15 kun davomida ovqatlanishini tashkil etish uchun yetarli mablag‘lar mavjudligi haqida bank muassasining kо‘chirmasi;

soliq organlaridan soliqlar bо‘yicha qarzdorligi yо‘qligi tо‘g‘risida ma’lumotnoma. 

qо‘shimcha ravishda talabgorning moliyaviy mustaqilligini va (yoki) tegishli tarmoqqa oldin xizmat kо‘rsatganligini tasdiqlaydigan, moddiy texnik bazasini mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlar kiritilishi mumkin.

Taqdim etilgan hujjatlarniig barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bо‘lishi kerak. Tanlov takliflarining amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi.

Murojaat uchun manzil:               Qarshi shahri, Mustaqillik kо‘chasi 2-uy,

Ma’lumotlar uchun telefonlar: (0375) 221-02-34, 221-31-10,

Faks: (8-375) 221-31-10,                E-mail:  ergashev_feruz@inbox.uz,

Internet tarmog‘idagi veb-sayt: www.qashqadaryo.uz 

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Tanlovga marhamat qiling!                        

23-05-2019 |
Фото галерея