Xabar berganimizdek, Chiroqchi tumanida yurtimiz istiqlolining 33 yilligiga bag‘ishlab 33 ta yangi obyektlar foydalanishga topshirildi.
Ushbu kunda Chiroqchi tumanida bo‘lgan viloyat hokimi Murotjon Azimov dastlab “Dam” mahallasi joylashgan 5-sonli maktabning 540 o‘rinli yangi binosi ochilish marosimida ishtirok etdi.
So‘ngra kichik sanoat zonasida joylashgan “Rekord profit” MChJ tomonidan amalga oshirilgan umumiy qiymati 2,2 mln dollarlik 150 ish o‘rinli to‘quv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi shu yerning o‘zida ushbu loyihaning ikkinchi bosqichi va “Buyursin tekstil” MChJ faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, tumandagi 4-sonli maktabning 990 o‘rinli yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Murotjon Azimov ishtirok etgan ushbu tadbirda bir qancha ijtimoiy soha obyektlari, ko'p qavatli turar-joylar va tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan loyihalarga “onlayn” start berildi. “Mehr daftari” jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘ evaziga 48 nafar yoshlarning xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida ularga noutbuk, tikuv mashinasi, payvandlash uskunasi, motokultivator, velosiped hamda “Booknomy” kitoblari topshirildi.
Viloyat hokimi tumanning “Jar” mahallasida ham bo‘lib, u yerdagi yoshlar sanoat zonasida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi. Mazkur sanoat zonasida yosh tadbirkorlarning 97 mlrd. 850 mln. so‘m miqdoridagi jami 38 ta tadbirkorlik loyihalari va 492 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shu bilan bir qatorda viloyat rahbari sanoat zonasi yaqinida joylashgan “Qashqadaryo qorabayir otlari” MChJ tomonidan tashkil etilgan va yiliga 20 tonna ot go‘shti yetishtirishga mo‘ljallangan yilqichilik kompleksining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Fotolavhalar: https://t.me/qvh_axboroti/26766
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar