Bunga ko‘ra, har bir mahalla kesimida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan mol-mulk va yer solig‘ining 10 foizi hisobidan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi”ga o‘tkazilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan xarajatlarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jumladan, har bir mahalla kesimida:

- jamg‘armaga yo‘naltirilgan mablag‘lar;

- amalga oshirilgan xarajatlar miqdori va yo‘nalishlari;

- jamg‘armadagi mavjud qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, jamg‘armalar har bir mahalla uchun alohida tarzda ochilgan bo‘lib, ularning mablag‘lari fuqarolarning takliflari va “mahalla yettiligi”ning qarori asosida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etish uchun sarflanadi.

24-09-2024 |
Фото галерея