Shahrisabz tumanidagi Saroy qishlog‘ida umrguzaronlik qilayotgan Jо‘ra bobo Rahimov pasportga kо‘ra 1921 yilda tug‘ilgan, о‘zining hisobicha 102 yoshda. Aytishicha, kattalardan kimdir uni urushga bormasin deb yoshini kamaytirib kо‘rsatgan. Ammo peshonada yozilgani bо‘larkan, u baribir frontga jо‘nadi. Berlinga dovur yetib bordi, fashistlarni taslim qilishda bevosita qatnashdi.

- Sо‘nggi hujum oldidan batalyon komandiri kо‘prikning tagida uch odam abgor bо‘lib yotibdi, tez kiyim-kechak, oziq-ovqat olib boringlar, deb buyruq berdi, - deydi Jо‘ra bobo. - Borarga bordimu, qaytishda bombaning ostida qoldim. Oldin ham bir necha marta yarador bо‘lgandim, lekin g‘alaba kо‘rinib turganda yaralanish... Xayriyat, eson-omon avgustda Kitobga qaytib keldim. Qaytsam, ota-onam о‘lib ketgan, Tojikistonda bir tog‘amiz bor edi, shu Chiroqchiga kо‘chib kelgan ekan, meni yо‘qlashtirib, Chiroqchiga olib ketdi. Frontda bir burda non qanday qadrli ekanini anglaganman-ku, hech о‘ylamay novvoyxonaga ishga kirdim. Oyligim - kunlik yeydigan nonim edi. Yil о‘tib, rais meni kо‘rib qolib,  "Rahimov, odam bо‘lib yonimga kel qani, seni bir о‘qishga jо‘natay", dedi. О‘qib kelishga xohishim bor, lekin na bir tuzukroq ust-bosh, na pul bor. Shuni aytgandim, rais kiyim-bosh, 150 sо‘m pul qilib berdi, bо‘lka non pishirish bо‘yicha о‘qishga jо‘natdi. Novvoyxonada bir yil ishlaganim bu yerda qо‘l keldi, ishni ancha puxta о‘rgandim. Sо‘ng 9 yil novvoy, keyin kolxozda ishchi bо‘lib ishladim. Ey, bizning hayot shunday о‘tdi-da. Urush, qiyinchilik, yо‘qchilik... Lekin bir mashaqqatning bir huzuri ham bо‘larkan. Mana, hozir 2 о‘g‘il, 3 qiz, 30 nevara, chevaralarimning sonini ololganim yо‘q, yuzdan oshib ketgan lekin, shularning davrasida huzur qilib yashayapman-da. Hurmat qilishadi, sovg‘a-salom bilan yо‘qlashadi. Biz urush kechib, bugun bolalarimiz tinch-totuv yashayotgan ekan, boshqa yana nima kerak?

Darhaqiqat, insoniyat tarixidagi eng mudhish, eng kо‘p qurbon berilgan urushdan omon qaytishning о‘zi bо‘lmaydi. Qolaversa, urushdan keyingi mashaqqatli hayotda ham о‘zlikni yо‘qotmaslik, iymonni but saqlash uchun chinakam INSON bо‘lish kerak. Buni Jо‘ra bobo misolida kо‘rsa bо‘ladi.

N.XО‘JAYEV

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

09-05-2019 |
Фото галерея