Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi Qashqadaryoda ham keng nishonlanmoqda.
Erta tongdan “Ko‘kgumbaz” obidasida joylashgan Amir Temurning ustozi Shayx Shamsiddin Kulol va Sayidlar maqbarasi ziyorat qilinib, jonliq so‘yilib, o‘tgan ajdodlarimiz ruhiga Qurʼon tilovat qilindi.
Shuningdek, Shahrisabz shahri markazidagi Amir Temur xiyoboni viloyat sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik, olim va tadqiqotchilar, nuroniylar hamda yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.
Ular Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishib, ulug‘ sarkardaga o‘zlarining cheksiz hurmat-ehtiromlarini izhor etdilar.
Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, buyuk sarkarda va davlat arbobi, Temuriylar davlatining asoschisi, O‘zbekistan davlatchilik tarixida o‘zining beqiyos o‘rniga ega bo‘lgan, ilm-maʼrifat homiysining hayot yo‘li barchamizga ibrat ekanligini taʼkidladi.
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar