О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ichki turizmni yanada rivojlantirish, yoshlarni mamlakatimizning turizm maskanlari, boy tarixiy-ma’daniy merosi bilan tanishtirish hamda yoshlarning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan 12 may kuni viloyatning barcha hududlarida yoshlar orasida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Sayohat-tur” loyihasi tashkil etilib, uning doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, muzey hamda tarixiy qadamjolarga sayohatlar tashkil etilmoqda. Ana shunday loyihalardan yana biri 2000 nafar о‘quvchi yoshlarning kо‘hna Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi.

Shu kuni Buxoro viloyatiga 400 nafar yoshlarning ham sayohatlari tashkil etildi. Tarixiy va madaniy yodgorliklarga yoshlar tashriflarini uyushtirish hamda ularda milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyatini targ‘ib qilish bо‘yicha sayohatlar yil davomida reja asosida amalga oshiriladi, - deydi Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi Yoshlar tadbirkorligi turizmini rivojlantirish bо‘limi bosh mutahassisi Aziza Ibotova.

 

О‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Qashqadaryo  viloyat kengashi

matbuot xizmati

17-05-2019 |
Фото галерея