Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev 2020 yil mobaynida sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchilarni taqdirladi.
Jumladan, sportning Og‘ir atletika turi bо‘yicha 2020 yil 11-18 noyabr kunlari Peru davlatida onlayn tarzda bо‘lib о‘tgan Jahon kubogida 3 ta oltin medalni qо‘lga kiritgan Nomozov Qurbonmurod Ilyos о‘g‘li, sportning Og‘ir atletika turi bо‘yicha 2020 yil 13-19 fevral kunlari Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan Osiyo chempionatida 2 ta oltin 1 ta kumush medalni qо‘lga kiritgan Eshqulova Barchinoy Bakir qizi, sportning Og‘ir atletika turi bо‘yicha 2020 yil 13-19 fevral kunlari Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan Osiyo chempionatida 3 ta oltin medal sovrindori Jabborova Tursinoy Valijon qizi, sportning jangovor sanbo turi bо‘yicha 2020 yil 5-8 noyabr kunlari Serbiya davlatining Novisad shahrida bо‘lib о‘tgan Jahon chempionatida 62 kg vaznda 1-о‘rinni egallagan Boqiyev Baxodir Narzullayevich, sportning jangovor sambo turi bо‘yicha 2020 yil 5-8 noyabr kunlari Serbiya davlatining Novisad shahrida bо‘lib о‘tgan Jahon chempionatida 48 kg vaznda 1-о‘rin sohibi Ibodullayeva Musharraf Oybek qizi, Rajabov Suhrob Rovshan о‘g‘li, sportning shaxmat turi bо‘yicha 2020 yil 14-24 yanvar kunlari Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston chempionati musobaqasida 1-о‘rinni egallab Gruziya davlatida bо‘lib о‘tadigan Jahon chempionatiga yо‘llanmani qо‘lga kiritgan Islomov Shag‘zod Ubaydullayevich, sportning para-suzish turi bо‘yicha 2019 yil 9-15 sentabr kunlari Angliyaning poytaxti London shahrida bо‘lib о‘tgan Jahon chempianatida 1-о‘rinni egallab Tokio olimpiadasi yо‘llanmasini qо‘lga kiritgan Toshpо‘latova Shoxsanam Dilshodbek qizi, sportning para-suzish turi bо‘yicha 2019 yil 9-15 sentabr kunlari London shahrida bо‘lib о‘tgan Jahon chempionatida 2-о‘rinni egallab Tokio olimpiadasi yо‘llanmasini qо‘lga kiritgan Aslanov Islom Daminovich, sportning yunon-rum turi bо‘yicha 2019 yil 23-28 aprel kunlari Xitoy davlatida bо‘lib о‘tgan Osiyo chempionatida 2-о‘rinni egallagan Turdiyev Jaxongir Qayum о‘g‘li, Sportning boks turidan 2019 yil Birlashgan Arab Amirliklarida Yoshlar о‘rtasida bо‘lib о‘tgan Osiyo chempionatida 1-о‘rinni egallagan Tojiyev Azizbek Xusniddin о‘g‘li, sportning ushu turi bо‘yicha 2019 yil Xitoy davlatida bо‘lib о‘tgan Jahon chempionati 3-о‘rinni egallagan Raximov Akmal Axmat о‘g‘li, sportning dzyudo turi bо‘yicha 2019 yil Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan Tokio olimpiadasiga yо‘llanma olish uchun reyting ballarini taqdim etadigan Gran-Pri musobaqasida 2-о‘rinni egallagan Rasulov Kamoliddin Abduholiq о‘g‘li, sportning belbog‘li kurash turi bо‘yicha 2019 yil Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan Jaxon chempionati musobaqasida 1-о‘rinni egallagan Nigmatov Kamronbek Qaxramonovich, sportning karate VKF turi bо‘yicha 2019 yil Malayziya davlatida Yoshlar о‘rtasida bо‘lib о‘tgan Osiyo chempionati musobaqasida 1-о‘rinni egallagan Egamberdiyeva Bonu Sulton qizi, Sportning yengil atletika turi bо‘yicha 2020 yil 18-20 fevral kunlari Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston chempionatida 1-о‘rinni egallagan Buxorov Mirsait Muxsin о‘g‘li, Sportning kurash turi bо‘yicha 2020 yil 5-8 noyabr kunlari Termiz shahrida bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston chempionati musobaqasida 1-о‘rin sohibi Murodullayev Javoxir Sirojiddin о‘g‘li, sportning kurash turi bо‘yicha 2020 yil 25-28 noyabr kunlari Xorazm viloyatida bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston chempionati musobaqasida 1-о‘rinni egallagan Egamberdiyev Murodulla Qaxramon о‘g‘li kabi sportchilarning natijalari e’tirof qilindi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati.