Avval xabar berganimizdek, poytaxtda yashab, ijod qilayotgan bir guruh qashqadaryolik madaniyat va san’at ustalari tantanali kutib olindi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev poytaxtimizda yashab, о‘z ijodi orqali yurtimiz ravnaqi yо‘lida xizmat qilayotgan vohaliklar bilan uchrashib, ularga viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik hamda yangilanishlar haqida muloqotlar qildi. Vohani madh etuvchi jonli ijro bilan boshlangan suhbat ancha qizg‘in davom etdi.
Ma’lumot о‘rnida, Zoyir Mirzayev yil boshida Toshkent shahrida ham uchrashib, faolllar qatlamini hayotiy tarjiba va bilimlaridan samarali foydalangan holda voha rivoji hamda yoshlar ta’lim-tarbiyasi yо‘lida birlashish borasida fikrlar almashib olgan edi.
Joriy yil mustaqillik bayrami arafasida chop etilgan qashqadaryolik ijodkorlar ijodi jamlangan "Zumrad voha nasimlari" nomli ikki jildli bayozlar ham ayni shu uchrashuvdagi takliflar asnosida yaratilgan edi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati.