Ish kunini aholi murojaatlarini tinglashdan boshlab, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, "Obod mahalla" va "Obod qishloq" dasturlari bo‘yicha qilinayotgan ishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib qaytayotgan viloyat hokimi "ZOOM" orqali chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning dardlariga quloq tutdi.
- "Xalq qabulxonasi"ga aylangan kabinetimdan hech kim norozi ketmasin, - dedi viloyat hokimi. - Yo‘llanadigan har qanday turdagi murojaat ijrosini Prezidentning hududdagi vakili sifatida o‘zim jiddiy nazoratga olaman.
Viloyat rahbari 24 nafar fuqarolar bilan "ZOOM" dasturi orqali qabul o‘tkazgan bo‘lsa mazkur qabul ham ijobiy yechimlarga boy bo‘ldi. Jumladan, Koson va Muborak tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarning farzandlariga OTM uchun bir yillik shartnoma pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi.
28-07-2021 |
Foto galereya