Viloyat hokimi boshchiligidagi rahbarlar Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida bo‘ldi.

U yerda shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Markazda davolanayotgan 86 nafar bemorning holidan xabar olib, har biriga bayram sovg‘alari tuhfa etdi.

- Sizlarning sog‘ayib, oilangiz bag‘riga qaytishlaringiz hammamiz uchun - katta baxt va quvonchdir, - dedi viloyat rahbari. - Endi onkologik xastaliklarga shifo istab poytaxtga yoki qo‘shni viloyatlarga borib sarson bo‘lmaysizlar. Prezidentimiz topshirig‘i bilan viloyatimizga ham 4.7 mln. dollarlik zamonaviy nur berish uskunasi olib kelindi. Bularning barchasi aholi salomatligi, ularning yaqinlari, o‘g‘il-qizlari, ota-onalari baxti uchun xizmat qiladi.

Ahror Sodiqov,
Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati.

15-05-2021 |
Foto galereya