O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 iyuldagi topshiriqlariga asosan Qashqadaryo hokimlari joylarda fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazmoqdalar.

Mazkur topshiriqqa ko‘ra viloyat rahbari Muborak tumanida sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolariga quloq tutdi. Zoyir Mirzayev Muborakdagi sayyor qabuli davomida aholi bandligini ta’minlash borasida ham amaliy ishga qo‘l urdi. Jumladan, "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 88 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuvchilik mashinalari topshirildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining Nuroniylar maslahat Kengashi raislariga hududlaridagi jarayonlarda faol ishtirok etishlari uchun velosipedlar taqdim qilindi.

03-08-2021 |
Foto galereya