22 aprel - Xalqaro Ona Yer kuni

Ma’lumotlarga kо‘ra, Yer sayyorasi vujudga kelganiga tо‘rt yarim milliard yil bо‘lgan. Uning 29 foizdan ortig‘ini quruqlik, qolgan qismini dengiz va okeanlar egallaydi. Ishlov beriladigan maydonlari esa bor-yо‘g‘i 11  foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi. Shunga qaramay ona zaminimizda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar Yer tuzilmasini tobora о‘zgartirib yubormoqda.

Daraxtlar kesilishiga norozilik

Biolog va fermer Jon Julius Sterling Morton AQShning Nebraska shtatiga kelganida yam-yashil daraxtlar qurilish uchun ayovsiz kesilib, katta-katta hududlar dashtga aylana boshlagandi. Morton aholiga murojaat qilib, mintaqani kо‘kalamzorlashtirish taklifi bilan chiqadi. О‘shanda Nebraska shtatida 1 millionga yaqin kо‘chat ekiladi va о‘sha sana "Daraxtlar kuni" deya e’lon qilinadi. Sо‘ng 22 aprelni Jon Morton tug‘ilgan kun sharafiga rasmiy bayram sifatida e’lon qilish kerak, degan taklif beriladi.

Bu tashabbusga nafaqat AQSH, balki boshqa davlatlar fuqarolari ham qо‘shiladi. Yer sayyorasi kuni ilk bor 1970 yil aprelda, AQShda о‘tkaziladi. О‘shanda bayram muvaffaqiyatli о‘tgani va kо‘p mamlakat hamda tashkilotlar qо‘llab-quvvatlagani bois, uni muntazam nishonlashga qaror qilinadi. Taniqli amerikalik  siyosatchi va senator Geylord Nelson bir guruh talabalarni tо‘plab bu g‘oyani targ‘ib qila boshlaydi. О‘sha paytda talabalar harakati  ommalashgani bois, tashabbus keng yoyiladi.

Siyosiy va ommaviy faollik tufayli 2009 yil BMT Bosh Assambleyasi har yili 22 aprelda Xalqaro ona Yer kunini nishonlash tо‘g‘risida  rezolyusiya qabul qildi. Bu tashabbusni 50 dan ortiq mamlakat ilgari surdi va boshqa davlatlar yakdillik bilan qо‘llab-quvvatladi. Har yili 22 aprel kuni turli mamlakatlarda tinchlik qо‘ng‘iroqlari jaranglab, insonlar sayyoramiz yagonaligini his etish, xalqaro tinchlikni saqlash va barchaning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlanadi.

Aholi soni va ehtiyoji ortib bormoqda

Hisob-kitoblarga kо‘ra, eroziya jarayonlari natijasida yiliga о‘rtacha 6-7 million gektar yer qishloq xо‘jaligi ishlovidan chiqib ketmoqda. Sanoat va transport infratuzilmasi sohasidagi qurilishlar, yerosti boyliklarini qazib olish jarayonida hosil bо‘layotgan karyer va tuproq uyumlari jadal sur’atlar bilan qishloq xо‘jaligi ekin yerlarini siqib chiqarib, haydaladigan yerlar suv omborlari ostida qolib ketayapti. Keyingi 50 yil davomida Yer yuzidagi aholi soni salkam 3 barobarga ortganini qayd etish bilan birga, shu davr mobaynida neft mahsulotlari sarfi 7, gaz 15, toshkо‘mir 3,6 marta oshganini, yog‘ochga ehtiyoj 14, elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatlari 21, alyuminiy 15, pо‘lat ishlab chiqarish 4 barobardan ziyod kо‘payganini ta’kidlash joiz.

Binobarin, yurtimizda ham tabiatni asrash yо‘lida salmoqli ishlar qilinmoqda. "Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida", "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tо‘g‘risida", "Yer osti boyliklari tо‘g‘risida", "Suv va suvdan foydalanish tо‘g‘risida", "О‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida", "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida"gi kabi kо‘plab qonunlar atrof-muhit, tabiat, ekologiya, hayvonot va о‘simlik dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan amaliy ishlarda huquqiy asos bо‘lib xizmat qilayotir.

Shubhasiz, har qanday davlatning taraqqiyoti, ekologik xavfsizligi, turmush farovonligi tabiiy tizimlarni barqarorlashtirish, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq. Zotan, musaffo tabiat bebaho ne’matdir.

Eng qaynoq va sovuq joy qayerda?

Ekvator bо‘yicha Yer sayyorasining uzunligi 40 ming 10 kilometrni tashkil etadi. Yer yuzasidan markazigacha bо‘lgan masofa esa 6378 kilometr. Yer yuzasi qatlamining 70 kilometri qattiq (litosfera), ichki qismi yarim suyuqlik va suyuqlik holatida bо‘ladi. Kaliforniyadagi О‘lim vodiysi va Liviyadagi El-Aziziya - Yerning eng qaynoq joylaridir.  Eng sovuq joy Antarktida bо‘lib, bu yerda harorat 1983 yil 21 iyulida Selsiy bо‘yicha 89 darajani kо‘rsatgan.

Ma’lumotlarga kо‘ra, jahonning umumiy yer maydoni Antarktida va Arktika muzliklarini hisobga olmagan holda 13,1 milliarddan 14,9 milliard gektargacha chо‘zilgan. Ishlov beriladigan yer maydonlari 11, yaylov va о‘tloqlar 23 dan 25 foizgacha, о‘rmon va butazorlar 31, aholi yashaydigan yerlar esa bor-yо‘g‘i 2 foizni tashkil etadi. Qolgan barcha yer maydonlari kam mahsulli va umuman mahsulsiz tog‘lar, doimiy muzlikdagi tog‘ jinsli maydonlar, chо‘llar, muzliklar va botqoqliklardan iborat.

Xalqaro ona Yer kuni о‘zimiz istiqomat qilayotgan shahar, qishloqni obod, toza va kо‘rkam qila olishimiz haqida о‘ylab kо‘rish uchun yaxshi sababdir. Chunki farzandlarimiz, kelajak avlodlarimiz ifloslangan suv ichib, ifloslangan havodan nafas olib yashashlariga yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Qolaversa, tabiatni asrash insoniyatni asrash demakdir. Unga bergan mehr-e’tiborimiz vaqti kelib sо‘zsiz о‘zimizga qaytadi.

Manbalar asosida SH.BOZOROVA tayyorladi.

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari  asosida

21-04-2019 |
Foto galereya