Qashqadaryoda О‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan bir qator tashkilotlar hamkorligida umumta’lim maktablari, kasb-hunar kolleji va akademik litsey о‘quvchilari о‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi bо‘lib о‘tdi.

Ishtirokchilar sohaga doir bilimi, fuqaro muhofazasi va tezkor tibbiy yordam kо‘rsatish, daryodan arqon yordamida о‘tish hamda belgilangan vaqtda palatka yoyish, favqulodda vaziyatlarda zarur bо‘ladigan jismoniy mashqlarni bajarish, 60 metr masofaga tо‘siqlar osha estafetali yugurish kabi shartlar bо‘yicha о‘zaro bahslashdi.

– Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bо‘lim mudiri Ahror Sodiqov. – Mazkur musobaqa navqiron avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqaro muhofazasiga oid bilimini boyitish, yoshlarda favqulodda holatlarda tо‘g‘ri harakat qilish va о‘zgalarga yordam berish kо‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Yakuniy natijalarga kо‘ra, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi jamoasi va Qarshi shahridagi 34-umumta’lim maktabi jamoasi birinchi о‘rinni egalladi hamda musobaqaning mamlakat bosqichiga yо‘llanma oldi.

О‘lmas Barotov

26-04-2019 |
Foto galereya