So‘ngi yillarda yurtboshimiz tashabbuslari va e’tiborlari tufayli Inson qadrini ulug‘lash, mehr va yordamga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash – davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi.
 
Jumladan, bu boradagi e’tibor va g‘amxo‘rliklarning joylardagi ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat hokimligi hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish viloyat boshqarmasi tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
 
Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni zarur reabilitatsiya texnika vositalari bilan ta’minlash maqsadida 75 dona nogironlik aravachasi, 5 dona xodunok, 100 juft qo‘ltiq tayoq, 30 dona hassa, 10 dona ko‘zi ojizlar uchun hassa va 10 dona eshitish moslamasi hamda 50 dona elektr yuritmali nogironlik aravachasi viloyatimizga keltirildi.
 
Hozirda ushbu vositalarni tuman (shahar)larga yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
13-09-2022 |
Foto galereya