Koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, shu jumladan aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash va infeksiya tarqalishini oldini olish yuzasidan o‘z vaqtida muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish dolzarb vazifa sanaladi.
 
 
Shu bois, viloyat hokimligi huzuridagi jamoatchilik Kengashi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘linmasi va mas’ullar bilan hamkorlikda viloyatda koronavirus infeksiyasini keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda vaksinasiya jarayonlarini tizimli tashkil etilishi yuzasidan joriy yilning 25-26-yanvar kunlari Jamoatchilik monitoringi olib borildi.
 
Jamoatchilik nazorati tadbirlari davomida Ishchi guruh tomonidan viloyatdagi vaksina saqlash omborlari va koronavirusga qarshi emlash punktlarida yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek aholi gavjum bo‘lgan savdo majmualarida sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.
 
 
Ta’kidlash lozimki, aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida faol muhokama qilinmoqda. Shu bois, viloyatda aholi salomatligi va osoyishtaligini saqlash borasida O‘zbekiston hukumati tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda jamiyatimizda virusga qarshi immun tizimini mustahkamlash uchun ushbu vaksinasiya jarayonlarida barcha fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash muhim.
 
 
Jamoatchilik monitoringi jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan kelgusida tegishli mutasaddilar ishtirokida Jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
26-01-2022 |
Foto galereya