2019 yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan 8,0 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bо‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qо‘mitasi tomonidan birinchi chorak yakunlari bо‘yicha taqdim etilgan hisobotda ma’lum qilingan.

Unda qayd qilinishicha, ajrimlar sonida 2018 yilning mos davriga nisbatan yuqori о‘sish sur’atlari Buxoro (25,0 %), Namangan (16,7 %), va Andijon (11,1%) viloyatlariga tо‘g‘ri kelmoqda.

2018 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Qashqadaryo (33,3 %) Samarqand va Xorazm (11,1 %) viloyatlarida kuzatildi.

23-04-2019 |
Foto galereya