Barchamizga ma’lumki, so‘ngi yillarda davlat rahbarining aholini barcha qatlamlari ayniqsa, band bo‘lmagan va kam ta’minlangan xotin-qizlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rlik va e’tiborlari "Inson qadri"ni ulug‘lashning yaqqol isboti bo‘lib kelmoqda.
 
Xususan, bu borada 2022-yil viloyatimizda ham 32 mlrd. so‘m mablag‘lar tegishli boshqarma orqali 12 ta yo‘nalish bo‘yicha ijtimoiy daftarlarga kiritilgan hamda ishsiz fuqarolar, shu jumladan ayollar va yoshlarga subsidiya asosida ajratilishi ko‘zda tutilgan. Hozirga qadar esa 5 273 nafar fuqarolarga 10,7 mlrd.so‘mlik subsidiyalar asbob-uskuna, issiqxona, inkubatorlar, dehqonchilik qilish uchun artezan quduqlari, hunarmandchilikni riojlantirish uchun va boshqa yo‘nalishlarda ajratildi.
 
 
Shu boisdan, viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi soha rahbarlari 46 nafar xotin-qizlarga tuman (shahar)lardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan, tikuv mashinalari va inkubatorlarni topshirdi.
 
 
Buning natijasida ularning yarmidan ko‘pi kooperatsiyalarga a’zo bo‘lgan holda bandligi ta’minlanib, qolganlari esa uy sharoitida tadbirkorlikni boshlashiga zamin yaratildi.
19-09-2022 |
Foto galereya