Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning farovon turmush tarzi kechirishlarida to‘sqinlik qilayotgan muammo va kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida Yakkabog‘ tumanida vohamizning barcha tashkilot hamda idora rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

Mazkur sayyor qabulda 2019 yil "snos"dan qolib ketgan mablag‘lar uchun tumandagi 46 nafar fuqaroga 2 mlrd 300 mln so‘m snos pullari berildi.

Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan mahalla raislariga aholini hamjihatlikka chaqirib, hashar va obodonlashtirishlar ishlarini uyushtirishi - mahalla drayverining muhim omillaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, murojaatchilardan biri nogironligi bo‘lganligi va ijtimoiy jihatdan yordamga muhtojligini aytib tikuv mashinasi va 5 mln mablag‘ so‘radi. Mazkur murojaat esa joyida qanoatlantirildi. Xuddi shunday, turli ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va boquvchisini yo‘qotgan ayollar uchun ham "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan 500 mln. so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

17-07-2021 | Ijtimoiy | 240
Foto galereya