“О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida viloyatimizdagi turli tashkilotlarda mehnat qilayotgan 100 nafar ishchi-xodim va ularning oila a’zolari uchun Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirishdi.

Kurrai zaminning eng kо‘hna shaharlaridan biri, hozirgi kunga qadar butunligicha saqlanib qolgan yagona nodir obida - shahar - Xivaga uyushtirilgan safar ham esda qolarli bо‘ldi.

- Yoshim saksonga yaqinlashgan bо‘lsa-da, ushbu qо‘hna shaharga birinchi bor tashrif buyurishim, - deydi  Ismat bobo Bozorov. -   Ochiq osmon ostidagi bu muzey-shahardagi uzoq о‘tmish, asrlar osha bus-butun bizgacha yetib kelgan “Ichan-qal’a” nafaqat qashqadaryoliklarnib balki dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurayotgan minglab sayyohlarni hayratga solmoqda.

Bunday sayohatlarni yil davomida respublikamizning Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga ham uyushtirish rejalashtirilgan.

S.ALLAYOROVA

 qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

 

03-05-2019 |
Foto galereya